Platforma kurslari muallifi
Jumabayeva Jamila Sharipovna
Filologiya fanlari doktori, professor. O'zbekiston Milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi mudiri, chog'ishtirma tilshunoslik ilmiy maktabi rahbari.
Yigirma besh yildan ortiq ilmiy va pedagogik faoliyat olib boradi: ilmiy tadqiqot metodologiyasi, lingvistik tarjimashunoslik va maxsus fanlarni o'qitish metodikasi bo'yicha kurslar o'qiydi. AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Polsha, Turkiya va Rossiyadagi xalqaro anjumanlar ishtirokchisi.
120+
ilmiy maqola va tezis
3
monografiya va o'quv qo'llanma
15
shogird PhD himoya qildi
20+
dissertatsiyaga opponent
Akademik yo'l
2006Filologiya fanlari nomzodi
2009Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti
2016Filologiya fanlari doktori
2017–2021OAK filologiya bo'yicha ekspertlar kengashi a'zosi
2022Professor, chog'ishtirma tilshunoslik ilmiy maktabi rahbari
2023Onlayn kurslar ishga tushdi: 300 dan ortiq bitiruvchi